Daryo

Rossiya harbiylari tutib olgan Ukraina dronlaridan viruslar tarqalmoqda — Forbes

Ukraina Qurolli kuchlari operatori viruslar orqali dushman ma’lumotlarini qo‘lga kiritishi mumkin

1 daqiqa o‘qish8 436 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya harbiy kuchlari qo‘lga kiritgan Ukraina dronlari ularning tizimlariga zararli dasturiy ta’minotni yuqtirmoqda. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Foto: Reuters

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush jang maydonida dronlardan keng foydalanish bilan ajralib turadi. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda, ehtimol Rossiya tomonidan tarqatilgan videoda, ukrain dronlarining tizimlarni zararlashi mumkinligi haqida ogohlantirish berilgan.

Ushbu dasturiy ta’minotning ayrim turlari USB-portni ishdan chiqaradi va dronlardan qayta foydalanishga to‘sqinlik qiladi. Natijada, Rossiya kiberxavfsizlikni kuchaytirishga majbur bo‘ladi. Bu holat, shuningdek, Ukraina dronlarini o‘rganishni qiyinlashtiradi va ularga qarshi kurashish texnologiyalarini ishlab chiqishni sekinlashtiradi.

Zararli dasturlarning ba’zi turlari tasvirlarni takroriy ko‘rishni bloklaydi. Hatto tizim muvaffaqiyatli tiklansa ham, u ma’lumotlarni Ukraina Qurolli kuchlari operatoriga uzatishi mumkin. Bu rossiyalik harbiylarni xavf ostiga qo‘yadi. 

Ushbu taktikadan foydalanish Ukrainaning IT sohasidagi ustunliklarini qanday qo‘llayotganini ko‘rsatadi. Viruslarning dronlarga joylashtirilishi xarajatlarni kamaytirib, rossiyalik texnologlar ishini qiyinlashtiradi. Kelajakda bunday usullar boshqa elektron tizimlarga ham tarqalishi mumkin, bu esa Rossiyaning Ukraina qurilmalarini o‘rganish imkoniyatlarini cheklaydi.

Rossiya o‘z dronlariga shunga o‘xshash mexanizmlarni joriy qilishi ehtimoldan xoli emas, bu esa kiberxavfsizlik sohasida texnologik musobaqaga olib keladi. Tomonlar virusga qarshi tizimlarni muntazam yangilashga va dushman texnikasini zararlashning yanada murakkab usullarini ishlab chiqishga majbur bo‘ladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar