Daryo

“An-Nassr” APLdan 100 million yevroga futbolchi xarid qilmoqchi  

Agar kelishuv amalga oshsa, Saudiya Pro Ligasidagi eng qimmat transfer sifatida rekord o‘rnatadi

1 daqiqa o‘qish6 646 ko‘rishlar0 izoh0

“Vest Hem” vingeri Muhammad Quddus Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda GiveMeSport nashri xabar bermoqda.

Foto: Pinterest

Manbaga ko‘ra, Gana terma jamoasi a’zosining ingliz klubi bilan shartnomasida 85 million funt sterling (taxminan 100 million yevro) miqdoridagi tovon puli ko‘rsatilgan. “An-Nassr” yozgi transfer oynasida ushbu summani to‘lab, futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyor.

Agar bitim amalga oshsa, futbolchi Saudiya Pro Ligasida amalga oshirilgan eng qimmat transferga aylanishi mumkin. Hozirgi rekord Neymarga tegishli bo‘lib, 2023-yilda “Al-Hilol” braziliyalik hujumchini 90 million yevroga “PSJ”dan xarid qilgan edi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Quddus “Vest Hem” safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali 24 yoshli futbolchining qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. Muhammadning ingliz klubi bilan shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar