Daryo

Superliga. “Dinamo” mehmonda “Paxtakor”ni mag‘lub etdi

Toshkentliklar ikki o‘yinda ham mag‘lub bo‘lib, 15-o‘rinni egallab turibdi

1 daqiqa o‘qish6 001 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahslar 29-mart, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Paxtakor” klubi matbuot xizmati

Toshkentning “Paxtakor” klubi Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda katta ustunlik toshkentliklarda bo‘ldi, ammo amalda bu ko‘rinmadi. 

55-daqiqada “Paxtakor” gol urdi, ammo ushbu vaziyatda o‘yindan tashqari holat deya baholandi. Oradan besh daqiqa o‘tar-o‘tmas Anvarjon Hojimirzayev gol urib, hisobni ochdi. Ushbu gol uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi. 

Shunday qilib, toshkentliklar ikki o‘yinda ham mag‘lub bo‘lib, 15-o‘rinni egallab turibdi. Samarqandliklar esa uch o‘yinda 7 ochko yig‘ib, 3-o‘rindan joy olgan.

Superliga

3-tur

29-mart, shanba

“Paxtakor” — “Dinamo” 0:1

Gollar: 0:1 — 60, Anvarjon Hojimirzayev

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar