Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahslar 28-mart, juma kuni bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkentning “Bunyodkor” klubi Surxondaryoning “Surxon” klubini qabul qildi. Uchrashuv mezbonlar ustunligida boshlandi va natija ham shunga yarasha bo‘ldi.
44-daqiqaga kelib Luis Kachorri hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim ham toshkentliklar ustunligida o‘tdi. 73-daqiqaga kelib Imeda Ashortia penaltidan hisobni ikkitaga oshirdi.
90-daqiqa o‘tib borayotgan pallada Kachorri dublga erishdi. Uchrashuvning eng so‘nggi daqiqasida bosh hakam “qaldirg‘ochlar” darvozasi tomon penalti belgiladi. Undan “Surxon” aʼzosi Muhammadali Abdurahmonov unumli foydalandi.
Superliga
3-tur
28-mart, juma
“Bunyodkor” — “Surxon” 3:1
Gollar: 1:0 — 44, Luis Kachorri, 2:0 — 73, Imeda Ashortia (penalti), 3:0 – 90, Luis Kachorri, 3:1 – 90+8, Muhammadali Abdurahmonov.








