Daryo

Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 144 kishiga yetdi

Mahalliy aholining aytishicha, ko‘plab uylar butunlay vayron bo‘lgan, odamlar takroriy silkinishlar xavfidan qo‘rqib, binolarga qayta olmayapti

1 daqiqa o‘qish9 230 ko‘rishlar0 izoh0

28-mart kuni Myanma va qo‘shni Tailandda 7,7 va 6,4 magnitudali ikkita kuchli zilzila yuz berdi. Zilzila yirik shaharlarda, jumladan, favqulodda holat rejimi joriy etilgan va aeroportlar faoliyati to‘xtatilgan Bangkokda ham sezilgan. Tailand poytaxtida qurilayotgan 30 qavatli osmono‘par bino qulab tushib, 43 kishi vayronalar ostida qoldi.

Foto: Reuters

Myanmada zilzila oqibatlari yanada halokatli bo‘ldi. Mandalay va Sikayn shaharlari orasidagi Iravadi daryosi ustidagi ko‘prik qulab tushdi, tarixiy binolar, jumladan, Chauktoji pagodasi va XIX asrga oid Mandalay saroyi devorlari shikastlandi. 

Foto: Khit Thit Media
Foto: Khit Thit Media

Mahalliy aholining aytishicha, ko‘plab uylar butunlay vayron bo‘lgan, odamlar takroriy silkinishlar xavfidan qo‘rqib, binolarga qaytishga botina olmayapti.

Foto: Khit Thit Media

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Myanmadagi zilzila oqibatida 144 kishi halok bo‘lgan, qurbonlar soni yana ortishi mumkin. Bu haqda mamlakat davlat ma’muriy kengashi raisi, bosh vazir va katta general Min Aun Xlayn ma’lum qilgan.

Foto: Khit Thit Media
Foto: Khit Thit Media

“Jami 144 kishi halok bo‘ldi. Neypido munitsipal tumanida 432 kishi jarohatlangan. Bizga ma’lum bo‘lishicha, Sagaing va Kyauksda 300 kishi hamon bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Jami 732 kishi jarohat olgan. O‘lim va jarohatlanganlar soni ortishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda binolar qulab tushganligi sababli, biz hali ham bu binolarda qutqaruv ishlarini olib bormoqdamiz”, dedi davlat rahbari xalqqa qilgan rasmiy murojaatida.

Foto: Khit Thit Media

Seysmologlar yaqin soatlar ichida kuchli zilziladan keyin yuz berishi mumkin bo‘lgan takroriy zilzilalar haqida ogohlantirmoqda va yuqori qavatli binolarda bo‘lishdan saqlanishni maslahat bermoqda.

Foto: Khit Thit Media
Foto: Khit Thit Media

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar