Jahon va o‘zbek sporti vakillarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Bahodir Jalolov: Bokschi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev bilan uchrashdi.
Habib Nurmagomedov: Sobiq UFC jangchisi hamyurti Islom Maxachev bilan Haj amallarini ado etmoqda.
Nursulton Ro‘ziboyev: UFC jangchisi Instagramga ushbu suratni joyladi.
Oleksandr Usik: Super og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni ukrainalik Oleksandr Usik yangi maxsus fotosessiyada qatnashdi. Bu orqali u o‘z mamlakatida Rossiya hujumi sabab vayron bo‘lgan elektr stansiyasiga e’tiborni qaratdi.
Isroil Madrimov: O‘zbekistonlik mashhur bokschi qizi bilan sayrda.
Hamid Sahari: Mashhur karikatura ustasi “Liverpul” futbolchisi Trent Aleksandr-Arnoldning “Real”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishga munosabat bildirdi.
Krishtianu Ronaldu: Daniya terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgan futbolchi xursandchiligini muxlislari bilan bo‘lishdi.
Leo Messi: Futbolchi butsalarini ko‘z-ko‘z qildi.
Konor Makgregor: Sportchi kamarini namoyish etmoqda.
Jud Bellingem: Ingliz futbolchisi ham butsalari bilan maqtandi.








