Daryo

Dunyodagi eng uzun dumli mushuk Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Meyn-kun zotiga xos mushukning dumi uzunligi yarim metrga yetadi

1 daqiqa o‘qish7 678 ko‘rishlar0 izoh0

Amerikaning Minnesota shtatida yashovchi ikki yashar meyn-kun zotli mushuk dunyodagi eng uzun dum egasi deb tan olindi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi saytida xabar berildi.

Foto: Guinness World Records

Mutaxassislar qayd etganidek, janob Pagsli Addams laqabli uy hayvoni deyarli yarim metr — 46,99 santimetr uzunlikdagi dumga ega. Mushukka filmdagi Addamslar oilasi qahramonining nomi berilgan. Pagsli Kemeronlarning sevimli a’zosi, ularning uyida jami uch nafar meyn-kun mushuklari boqiladi.

Pagslining egasi Amanda xonim so‘zlariga ko‘ra, mushuk yosh bo‘lishiga qaramay, veterinarga birinchi tashrifidan boshlab o‘z shtatida juda mashhur bo‘lib ketgan.

Foto: Guinness World Records
“Men uni birinchi marta veterinarga olib borganimda mutaxassis mushugimning bunday fiziologik tuzilishi kamyob holat ekanligini qayd etgan edi. O‘sha kundan boshlab to‘rt oyoqli do‘stimizning o‘ziga xos ekanligi xayolimdan ketmay qo‘ydi. So‘ng men bu haqda farzandlarimga so‘zlab berdim va, albatta, ular bunday holat Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilganmi yoki yo‘qligini aniqlashga tushdi. Ne ko‘z bilan qarasak, dunyodagi eng uzun dum bo‘yicha rekord o‘rnatilgan ekan”, deydi Amanda.
Foto: Guinness World Records

Hozirda Pagsli ikki yoshdan oshgan va uning dumi ham o‘sishda davom etmoqda. Amanda mushukni “juda sho‘x” uy hayvoni deb ta’riflaydi, biroq Pagsli o‘zgalar oldida o‘zini ancha xotirjam tutadi va “O‘tir” buyrug‘ini bajara oladi. Mushukning kundalik tartibi oddiy: u ovqatlanadi, uxlaydi va egalariga erkalik qiladi.

Foto: Guinness World Records

Biroq ba’zida Pagslining uzun dumi unga harakatlanishga biroz xalaqit qilishi mumkin.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar