Daryo

“Putin tez orada o‘ladi va hammasi tugaydi” — Zelenskiy 

Ukraina prezidenti rossiyalik hamkasbining qo‘rquvlari haqida gapirdi

1 daqiqa o‘qish25 390 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tez orada vafot etadi, bu esa urush tugaganini anglatadi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Eurovision News telekanaliga bergan intervyusida shunday bayonot berdi.

Foto: AP Photo

Zelenskiy rossiyalik hamkasbining qo‘rquvlari haqida gapirdi.

U jamiyatining beqarorlashuvidan qo‘rqadi. Biroq hech kim bunga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Uning o‘zi bunga ta’sir qiladi, iqtisodiyoti, sanksion siyosati va hududlarining barchasini nazorat hamda himoya qila olmasligi bilan. Agar bizning hamkorlarimiz o‘z kuchlarini to‘liq namoyon etsa, turli kuchlarning birlashuvi bunga yanada turtki beradi. Putinga bosim o‘tkazishsa, u jamiyatining beqarorlashuvidan qo‘rqadi. Ya’ni Putin aynan shundan qo‘rqadi, dedi Ukraina rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbari qo‘rqadigan yana bir narsa o‘z kuchini yo‘qotishdir.

Bu jamiyatning barqarorligiga ham, uning yoshiga ham bog‘liq. U tez orada o‘ladi, bu aniq va hammasi tugaydi. Ya’ni u o‘zining mutlaqo xavfsiz va muvaffaqiyatsiz tarixiy hayotini yakunlashidan oldin uning taqdiri hal bo‘lishi mumkin. Shuningdek, u yolg‘iz qolishdan ham xavotirda. Putinni siyosiy jihatdan to‘liq izolyatsiya qilish imkoni bo‘lmadi. Men Putindan yoshman. Menga ishoning. Mening istiqbolim yaxshiroq, deb ta’kidladi Ukraina prezidenti.

U Kremlni izolyatsiya qilishga urinishlariga qaramay, ba’zi Global Janub davlatlari u bilan aloqada bo‘lishda davom etayotganini qayd etdi. Ukraina prezidenti, shuningdek, o‘z maqsadini “farzandlarim ko‘chada bemalol yurib, yashirinmasdan, ularga munosib qarashlarini istayapman” deya izohladi.

Zelenskiy nima uchun 72 yoshli Putin “tez orada” vafot etadi deb hisoblayotganini tushuntirmadi, jurnalistlar ham bu haqda qayta so‘ramadi. Suhbatning umumiy mazmuni va ushbu iboraning undagi o‘rniga qarab, Zelenskiy eng yaqin kelajakni nazarda tutmaganini taxmin qilish mumkin.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar