Daryo

Krishtianu Ronaldu 30 yoshdan keyin terma jamoada futbol afsonalaridan ko‘ra ko‘proq gol urdi

Hujumchi oxirgi 10 yillikda xalqaro uchrashuvlar doirasida 84 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan

1 daqiqa o‘qish9 698 ko‘rishlar0 izoh0

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nassr” klubi hujumchisi ajoyib Krishtianu Ronaldu sermahsullik namoyish etmoqda. Opta nashri ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi 30 yoshdan keyin Portugaliya terma jamoasi safida 84 ta gol urgan.

Foto:Championat.com

Ko‘pchilik futbolchilar 30 yoshdan so‘ng natijadorligini yo‘qotadi, ammo Ronaldu bunday futbolchilar qatoriga kirmaydi. U aksincha, bu yoshdan keyin ham yuqori tempda o‘ynashda davom etib, faoliyatidagi eng sermahsul yillarini o‘tkazmoqda.

Hujumchi 30 yoshga to‘lgach, 84 ta gol urgan va bu ko‘plab futbol afsonalarining butun faoliyati davomida terma jamoa safida qayd etgan natijasidan ham ko‘proq.

Misol uchun, braziliyalik futbolchi Neymar butun faoliyati davomida terma jamoada 79 ta gol urgan, afsonaviy hujumchi Peleda esa bu ko‘rsatkich 77 tani tashkil qiladi. Jahon chempionatlari to‘purari Miroslav Kloze esa Germaniya terma jamoasi safidagi butun faoliyati davomida 71 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Foto: Opta

Ma’lumot uchun, 23-mart kuni Portugaliya terma jamoasi Daniyaga qarshi bahs olib bordi. Unda maydon egalari 5:2 hisobida g‘alaba qozonib (umumiy hisob — 5:3), Millatlar Ligasi yarim finali yo‘llanmasiga ega chiqdi. Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu jamoasining o‘yindagi 2-golini kiritib, g‘alaba uchun o‘z hissasini qo‘shdi.  

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar