Daryo

Isroil G‘azo janubida HAMAS harbiy razvedka boshlig‘ini o‘ldirdi

Usama Tabash yuqori martabali HAMAS vakili hisoblanib, tashkilot uchun muhim operativ bilim manbayi bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish6 928 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektori janubida HAMAS harakatining harbiy razvedka boshlig‘i Usama Tabashni o‘ldirdi.

Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Report.az

“Isroil armiyasi G‘azo janubidagi HAMAS harbiy razvedkasi boshlig‘i hamda HAMASning kuzatuv va o‘t ochish bo‘limi rahbari bo‘lgan Usama Tabashni yo‘q qildi”, deyiladi bayonotda.

Tabash yuqori martabali HAMAS vakili hisoblanib, tashkilot uchun muhim operativ bilim manbayi bo‘lgan. U HAMASda turli rahbarlik lavozimlarida, jumladan, Xon Yunus brigadasida batalyon qo‘mondoni sifatida ham ishlagan, deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.

Armiya taʼkidlashicha, Tabashning yo‘q qilinishi “HAMASning razvedka maʼlumotlarini yig‘ish va qo‘shinlarga zarar yetkazish qobiliyatini pasaytiradi”.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar