Daryo

Dunyo bo‘yicha eng mazali oshxonaga ega shaxarlar top 20 taligi e’lon qilindi

Baholash taomlar sifati, mazasi, muassasalarning atmosferasi kabi 18 mezon bo‘yicha amalga oshirildi

1 daqiqa o‘qish12 408 ko‘rishlar0 izoh0

Time Out nashri mahalliy aholi, oshpazlik tanqidchilari, muharrirlar va oshpazlarning fikrlariga asoslanib, eng yaxshi oshxonaga ega shaharlar ro‘yxatini tuzdi. Baholash taomlar sifati, mazasi, muassasalarning atmosferasi kabi 18 mezon bo‘yicha amalga oshirildi.

Foto Pinterest

Birinchi o‘rinni Yangi Orlean egalladi. Gastronomik ekspertlar shaharning boy oshxona tarixini taʼkidlashdi, unga fransuz, ispan, vetnam, afrika va boshqa oshxonalar taʼsir ko‘rsatgan. Mintaqaning asosiy taomlari orasida kreol usulida pishirilgan krevetka, djambalayya, gumbo va qizil loviya bilan guruch ajralib turadi.

Foto Pinterest

Reytingning ikkinchi pog‘onasini Bangkok egalladi — “zamonaviy restoranlardagi taomlar ajoyib mazali bo‘lishi mumkin, ammo neon chiroqlar ostidagi ko‘chadagi uch dollarlik taom ham undan kam emas”. Ayniqsa, tavsiya etilgan ro‘yxatda Hai Som Tam Konvent ko‘cha taomi ajralib turadi, u yashil papayya, chili qalampiri, yopishqoq guruch, qovurilgan tovuq bilan mashhur.

Foto Pinterest

Uchinchi o‘rinda Medelin joylashgan bo‘lib, u yerda arzon narxda mazali taomlarni topish mumkin. Turizmga qiziquvchilarni mahalliy mevalarni, masalan, cherimoyya, gulupa va uchuvani, shuningdek, kasuelu va bandexa paysa kabi anʼanaviy qishloq taomlarini tatib ko‘rish uchun La Placita de Florez bozoriga borishni maslahat beriladi.

Foto Pinterest

Dunyoning eng yaxshi gastronomik yo‘nalishlarining birinchi o‘ntaligiga shuningdek, Keyptaun, Madrid, Meksika, Lagos, Shanxay, Parij va Jakarta kiritilgan. To‘liq ro‘yxat quyida keltirilgan:

  1. Yangi Orlean
  2. Bangkok
  3. Medelin
  4. Keyptaun
  5. Madrid
  6. Meksika
  7. Lagos
  8. Shanxay
  9. Parij
  10. Jakarta
  11. Marokash
  12. Lima
  13. Ar-Riyod
  14. Mumbay
  15. Abu-Dabi
  16. Qohira
  17. Portu
  18. Monreal
  19. Neapol
  20. San-Xose

 

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar