Daryo

Gollivud yulduzi Ben Afflek o‘g‘liga 6 ming dollarlik krossovkani olib berishdan bosh tortdi

Ben bolalar kichikligidanoq biron narsa xarid qilish uchun pul kerakligini, pullarni esa faqat ishlab topish mumkinligini tushunishi kerak deb hisoblaydi

1 daqiqa o‘qish14 346 ko‘rishlar0 izoh0

Ko‘plab yulduzlar bolalarini hech narsada cheklamaydilar. Ammo Ben Afflek ulardan emas. Los-Anjelesdagi krossovkalar ko‘rgazmasida u o‘g‘li Semyuel uchun 6000 dollarlik poyabzal sotib olib bermadi.

“Menda pul bor, senda esa yo‘q! Ularni olish uchun sen ko‘p o‘t o‘rishing kerak”, dedi yulduz o‘g‘lining iltimosiga.

Foto Europaplus

Gap Dior krossovkalari haqida borardi, Sem brendi va narxi tufayli ularni xarid qilgisi kelgandi. Har holda Ben Afflek shunday deb o‘ylagan. O‘g‘li otasini uzoq vaqtdan beri xuddi shuday krossovkalar istayotganiga ishontirishga harakat qildi:

“Ha, ular chidamli! Men har doim ular yaxshi ko‘rinishga ega ekanligini aytganman”.

 Ben bolalar kichikligidanoq biron narsani xarid qilish uchun pul kerakligini, pullarni esa faqat ishlab topish mumkinligini tushunishi kerak deb hisoblaydi. 

“O‘tlarni o‘rishi kerakligini aytganimda nima bo‘lishini bilaman. Birdan krossovkalar kerak bo‘lmay qoladi”, deydi aktyor. 

Foto Europaplus

Ko‘plab muxlislar aktyorning tarbiyalash uslubini ma’qullagan. Ular bu haqda videoga qoldirgan izohlarda yozgan:

“Aktyorning o‘z farzandlariga an’anaviy qiymatlarni singdirishga harakat qilayotganini ko‘rish yoqimli”, deb yozadi internet foydalanuvchilari.

 

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar