Daryo

Istanbul meri qo‘lga olindi, uyi tintuv qilinmoqda 

Istanbul universiteti mer Akram Imomo‘g‘lining diplomini bekor qildi. U saylovda Erdo‘g‘onning asosiy raqibi hisoblanar edi. Prezidentlik lavozimiga faqat oliy ma’lumotlilar nomzod bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o‘qish11 324 ko‘rishlar0 izoh0

Istanbul shahri meri, muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi vakili Akrom Imomo‘g‘li qo‘lga olindi va politsiya hamrohligida sudga yetkazildi. Bu haqda CNN Türk xabar berdi.

Foto: TRT Haber

Imomo‘g‘liga nisbatan tergov doirasida 100 kishini, jumladan, merning matbuot bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Murat Ongunni hibsga olishga order berilgan. Imomo‘g‘lining Sariyer tumanidagi qarorgohida tintuv o‘tkazilmoqda. Mer 8-mart kuni prezidentlik uchun rasman kurashga kirishgan edi.

NTV nashriga ko‘ra, Istanbul prokuraturasi shahar meri va uning ma’muriyati xodimlarini korrupsiya hamda terrorchilar bilan hamkorlik qilganlikda ayblagan.

O‘z navbatida, Istanbul universiteti shahar merining diplomini bekor qilgan. Imomo‘g‘li universitetning harakatini “noqonuniy” deb baholagan.

Ular (universitet) bunday qaror qabul qilish vakolatiga ega emas. Vakolat faqat Biznes boshqaruvi fakulteti direktorlar kengashiga tegishli. Bu qarorni qabul qilganlar tarix va adolat oldida javob beradigan kunlar yaqin. Adolatga, qonun va demokratiyaga tashna xalqimizning marshini to‘xtatib bo‘lmaydi, dedi mer.

Universitet 38 nafar shaxs, shu jumladan Istanbulning meri, 1990-yilda boshqaruv fakultetining ingliz tilidagi dasturiga g‘ayriqonuniy tarzda o‘tgani haqida ma’lum qildi.

Imomo‘g‘lining Respublika xalq partiyasidan deputat Murat Amirning aytishicha, bu qaror “demokratiyaga qattiq zarba” hisoblanadi.

Imomo‘g‘li 2027-yilda bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan muddatidan oldin prezidentlik saylovlarida Erdo‘g‘onning asosiy raqibi hisoblanar edi. Turkiyada davlat rahbari lavozimi uchun kurashda faqat oliy ma’lumotli nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar