Daryo

Kun bu yeguliksiz boshlanmaydi: Keyt Middlton har tong nonushtaga nima tayyorlaydi?

Maʼlum bo‘lishicha, Keyt Middltonning ham o‘zgarmas oshpazlik anʼanasi bor

1 daqiqa o‘qish4 071 ko‘rishlar0 izoh0

Keyt Middltonning oshpazlikka qiziqishi maʼlum, farzandlari ham oshxonada uning yordamchisi bo‘lishga shoshiladilar. Oilaning kechki ovqat menyusi har doim turli-tuman bo‘lsada, Keyt har bir nonushtasini albatta shu bilan boshlaydi.

Foto Instagram

 

Ko‘plab yulduzlar taomlanishda anʼanaviy va yillar davomida ideal jismoniy shaklni saqlash uchun bir xil menyuga rioya qilishadi. Masalan, matbuotda Viktoriya Bekxemning 25 yildan beri faqat baliq va bug‘da pishirilgan sabzavotlarni isteʼmol qilishi, David tayyorlagan mazali quymoq va boshqa taomlarni yemasligi haqida qancha gap-so‘zlar bo‘lgan.

Maʼlum bo‘lishicha, Keyt Middltonning ham o‘zgarmas oshpazlik anʼanasi bor. Har bir tongni u spirulina, matcha,ismaloq, romen salati, koriandr va buta mevasidan tayyorlangan vitaminli smuzi bilan boshlaydi.

Foto Instagram

 

Kechki ovqatda esa shohona dasturxonda ko‘pincha pishirilgan tovuq go‘shti bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalarining maʼlumotlariga ko‘ra, bu Uels oilasining barcha aʼzolari mazza qilib yeydigan sevimli taomi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar