Daryo

Neapolda vulqon xavfi sababli aholi evakuatsiya qilinadi

Italiya Fuqaro muhofazasi vazirligi milliy safarbarlik holatini e’lon qildi

1 daqiqa o‘qish3 478 ko‘rishlar0 izoh0

Italiyaning Neapol shahrida 4,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi. Bu dunyoning eng xavfli vulqonli hududlaridan biri bo‘lgan Flegrey maydonlari faollashishiga olib keldi. Hukumat yuqori xavf tufayli aholini evakuatsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Foto: Pixabay

Ehtimoliy tahdidga javoban Italiya fuqaro muhofazasi vazirligi milliy safarbarlik holatini e’lon qildi.

Keyingi silkinishlar yuz berganda g‘aflatda qolmaslik uchun barcha mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rib chiqyapmiz, dedi vazir Nello Musumechi.

Vaziyat keskinlashgan taqdirda, kul, tosh va qizigan gaz oqimlarining halokatli oqibatlaridan qutulish uchun hukumat uch kun ichida 500 mingga yaqin kishini zudlik bilan ko‘chirishni rejalashtirgan. Hokimiyat vulqon otilishi belgilari paydo bo‘lsa, aholini oldindan ogohlantiradi. Evakuatsiya avtobuslar, poyezdlar, kemalar va samolyotlar orqali amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, Neapol fuqarolik mudofaasi departamenti rahbari Fabio Chichilyan evakuatsiya faqat vulqon zonasida rejalashtirilganini aytdi.

Hozirgi favqulodda vaziyat vulqon xususiyatiga emas, balki bradiseysmik xususiyatga ega: aslida, bu yer osti silkinishlari bilan bog‘liq bradiseysmik xavfdir. Zilzila yuz bergan taqdirda, vaqtinchalik yashash joylarini tashkil etish bo‘yicha protokollar faollashtiriladi, dedi u.

Bradiseysm (“sekin harakat”) — yer yuzasining ma’lum bir qismining asta-sekin ko‘tarilishi yoki pasayishi bo‘lib, u geotermik faollik natijasida, ayniqsa vulqon kalderalarida yuz beradi. Har bir ko‘tarilish odatda minglab kichik yoki o‘rtacha kuchdagi zilzilalar bilan birga kechadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar