Daryo

Xitoyda joylashgan dunyodagi eng yirik sakura bog‘iga sayohat (video)

Bog‘da 500 mingdan ortiq gullayotgan daraxt mavjud

1 daqiqa o‘qish9 594 ko‘rishlar0 izoh0

Sakura deganda ko‘pchilikning xayoliga Yaponiya keladi. Bu mamlakatning zamonaviy sayyohlik obrazini gullayotgan sakuralarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, internetda esa bu hodisa bilan bog‘liq minglab go‘zal rasm va suratlarni topishingiz mumkin. Ammo sakuraning poytaxti ko‘pchilik o‘ylaganidek kun chiqish yurti emas, balki Xitoydir.

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar Xitoyning Pinba shahrida joylashgan dunyodagi eng yirik saura bog‘ining videolari va suratlari bilan to‘lib-toshdi. Uning hududida 500 mingdan ortiq gullayotgan daraxtlar joylashgan. Bu Yaponiyadagi har qanday bog‘dagi daraxtlardan ko‘proq, aynan hozir ular qiyg‘os gul ochgan.

Sakura bu bitta turdagi daraxt emas, balki erta gullash xususiyatiga ega bo‘lgan butalar guruhidir. Qizig‘i, sakura faqat pushti yoki oq rangli gullar bilangina qoplanmaydi, balki qizil va hatto yashil rangda gullashi ham mumkin. Yana bir fakt – sakura raʼnoguldoshlar oilasiga mansub bo‘lsa ham faqat ayrim turlarigina meva beradi. Odatda bu kichik va yeb bo‘lmaydigan gilos bo‘lib, u deyarli urug‘dan iborat bo‘ladi.

Foto: Mail.ru
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar