Tabiatning o‘zi yaratgan go‘zallik ba’zan eng mohir dizayner yoki fotoshopdan ham ko‘rkamroq bo‘ladi. Quyida jamlangan suratlarning barchasi tabiiy holda, hech qanday ishlovsiz kadrga muhrlangan.
1. Muzlagan ko‘ldagi xaski — muz ustida turgan it go‘yo havoda muallaq qolgandek tasavvur uyg‘otadi.

2. Vulqon va chaqmoq “uchrashuvi” — Chaqmoqlar vulqon kulining quchog‘ida raqsga tushayotgandek go‘yo.

3. San Fransiskodagi Sutro minorasi — tuman orasida u osmonda suzib ketayotgan kema kabi ko‘rinadi.

4. Qishda oqqushlarni boqayotgan odam — qor va suvning kontrasti fonida sokinlikni aks ettirgan manzara.

5. Yong‘inni to‘xtatgan yo‘l — alanga tarqalishining oldini olgan yagona yo‘l tabiatning xaloskoriga aylangan.

6. Osmon uzra paydo bo‘lgan g‘aroyib manzara — Vezuviy vulqoni otilganidan so‘ng hosil bo‘lgan bulut bosh suyagiga o‘xshab qolgan.

7. Soniyaning bir lahzasi — qirg‘oqdagi tosh ustini oppoq ko‘pik qoplagan.

8. Tabiat ranglar bilan o‘ynaganda — Bug‘doy va lavanda dalasi yonma-yon bo‘lgan yer.


10. Noyob bulut shakllari — osmonda g‘ayrioddiy naqshlar chizilgandek tasavvur uyg‘otadi.

11. “Isyonkor” kungaboqar — barcha gullardan farqli o‘laroq, sharqqa qarashni istamagan bir dona gul.

12. Oq tovus — noodatiy go‘zalligi bilan sirli ko‘rinadigan albinos qush.

13. Yarqiragan daraxt — barglar yulduzchadek tovlanib, daraxtni go‘yo yoritib turgandek.


15. Avstraliya osmonidagi noyob bulutlar — ushbu manzara Shimoliy Viktoriyada hosil bo‘lgan.

16. To‘fondan keyingi muz naqshlari — suv sathi kamaygach, uning ustidagi muz bo‘laklaridan san’at asari yasalgan.

17. To‘lqin ostidagi kadr — suv ostidagi ulkan go‘zallik.

18. 1400 yillik daraxt barglari ostidagi ibodatxona — oltin gilamni eslatuvchi manzara.

19. Muzlab qolgan avtomobil — sovuqdan mashina ustida qalin muz qoplami hosil bo‘lgan.

20. Qalampiridagi ranglar jilosi — yashildan qizilgacha bo‘lgan gradiyent ranglar tasodifan hosil bo‘lgan.








