Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 1-turidan o‘rin olgan bahs 8-mart, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida Najmiddin Normurodov hisobni ochdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib esa Zoran Marushich gol urib, muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘lim ham qiziqarli boshlandi. 46-daqiqasidayoq Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 73-daqiqaga kelib esa Itsuki Urata hisobni tenglashtirdi.
O‘yin so‘nggiga qadar qator vaziyatlar yaratildi, ammo hisob o‘zgarmay qoldi.
Ikki jamoa ham o‘z hisoblariga bir ochkodan yozdirib qo‘ydi.
Superliga.
1-tur
8-mart, shanba
“Bunyodkor” — “Neftchi” 2:2
Gollar: 1:0 — Najmiddin Normurodov, 8, 1:1 — Zoran Marushich, 15, 1:2 — Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 46, 2:2 — Itsuki Urata, 73.
“Bunyodkor”: 1.Abdumavlon Abdujalilov,2.Nikoloz Mali, 4.Najmiddin Normurodov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Martin Shroler (77.Muzaffar Olimjonov, 87), 9.Imeda Ashortia (57.Amir To‘raqulov, 88), 10.Rasul Yo‘ldoshev (23.Asadbek Rahimjonov, 60), 15.Marko Bugarin, 22.Azizbek Amonov (11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 60), 25.Itsuki Urata, 74.Luis Kachorri.
“Neftchi”: 1.Botirali Ergashev, 23.Jovan Djokich, 20.Anvar G‘ofurov (s), 34.Farruh Sayfiyev, 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (9. Shohruh Gadoyev, 83), 77.Bilolxon Toshmirzayev, 5.Ikrom Aliboyev, 7. Abror Ismoilov (11.Quvondiq Ro‘ziyev, 83), 10.Jamshid Iskanderov, 8.Vladimir Yovovich (22.Toma Tabatadze, 68), 32.Zoran Marushich (17.Muhammadali G‘iyosov, 87).








