Daryo

Kim Chen In atom suvosti kemasi qurilishini ko‘zdan kechirdi

Shimoliy Koreya birinchi marta ballistik raketalarni tashishga qodir suvosti kemasi qurilishi haqidagi ma’lumotlarni ommaga oshkor qildi

1 daqiqa o‘qish11 260 ko‘rishlar0 izoh0

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In “muhim kemasozlik zavodlari”ni ko‘zdan kechirdi va u yerda  atom suvosti kemasi qurilishi bilan tanishdi.

Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabar berdi.

Foto: Google Images

Shimoliy Koreya rahbari o‘z mamlakatining dengiz mudofaa tizimi har qanday zaruriy hududlarda cheklovlarsiz, to‘liq joylashtirilishini ta’kidladi.

Zavodga tashrifi davomida Kim Chen In 2021-yilda bo‘lib o‘tgan partiya qurultoyida eʼlon qilingan mudofaa qaroriga muvofiq qurilayotgan yadroviy quvvatli strategik suvosti kemasini ko‘zdan kechirdi.

Shimoliy Koreya birinchi marta ballistik raketalarni tashishga qodir suvosti kemasi qurilishi haqidagi ma’lumotlarni ommaga oshkor qildi va kema tashqi ko‘rinishini ko‘rsatdi.

Foto: Vedomosti.ru

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar