Daryo

Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev jangi tasdiqlandi  — manba 

O‘zbekistonlik bokschi Inoue ringga chiqishdan qochayotganini da’vo qilayotgan edi

1 daqiqa o‘qish67 744 ko‘rishlar0 izoh6

Super yengil vazn toifasining mutlaq chempioni yaponiyalik Naoya Inouening navbatdagi ikki jangini tasdiqlandi. The Ring nashrining xabar berishicha, Inouening promouterlari amerikalik Ramon Kardenas va o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev bilan jang o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Foto: VKontakte

Unga ko‘ra, Naoya Inoue (29-0, 26 KO) dastlab 4-may kuni Las-Vegasda Ramon Kardenasga (26-1, 14 KO) qarshi ringga chiqadi. Agar u ushbu jangda g‘alaba qozonsa, 14-sentyabr kuni Tokioda Murodjon Ahmadaliyev bilan to‘qnash keladi.

O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev (13-1, 10 KO) hozirda WBA vaqtinchalik chempionlik kamariga ega. U anchadan beri Inoue bilan jang qilishni talab qilib kelgan. Agar yaponiyalik bokschi unga qarshi ringga chiqishdan bosh tortganda, WBA tashkiloti Inouedan chempionlik kamarini olib qo‘yishi mumkin edi. Ahmadaliyevning promouteri Eddi Xirn va menejeri Vadim Kornilov Inouening promouterlari bilan kelishuvga erishib, Inoue Kardenasni yengsa, keyingi raqibi Ahmadaliyev bo‘lishi bo‘yicha shartnoma imzolashdi.

Bu jang uchun Murodjon Ahmadaliyev uzoq kutgan va Inouening undan qochayotganini ta’kidlagan. “The Monster” laqabli yaponiyalik chempion esa bu da’volarni rad etib kelgan. Agar Naoya Inoue Murodjon Ahmadaliyevni mag‘lub etsa, u dekabr oyida Saudiya Arabistonidagi “Riyadh Season” musobaqasida navbatdagi jangini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Ahmadaliyev esa ushbu imkoniyatdan foydalanib, divizionning mutlaq chempioni bo‘lishni maqsad qilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar