Daryo

“Liverpul” “Barselona”ning qimmatbaho futbolchisini sotib olmoqchi

Kataloniyaliklar 100 million yevro talab qilmoqda

1 daqiqa o‘qish13 401 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona” qanot hujumchisi Rafinya faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida El Nacional nashriga tayanib Championat.com xabar bermoqda.

Foto: Football365

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli braziliyalik futbolchi ingliz klubida Muhammad Salohning o‘rnini egallashi mumkin, chunki misrlik futbolchining shartnomasi 2025-yil yozida yakunlanadi. Shu bois “mersisaydliklar” uning o‘rniga yangi futbolchi qidirmoqda. “Barselona” Rafinyani sotishga qarshi emas, lekin futbolchi uchun taxminan 100 million yevro talab qilmoqchi.

Ma’lumot uchun Rafinya joriy mavsum barcha musobaqalar doirasidagi 38 ta uchrashuvda qatnashib, 24 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali uning narxni 80 million yevro baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar