Daryo

“Barselona”da yangi transferlar uchun pul yo‘q — Relevo

Klub qimmat futbolchilaridan biri bilan xayrlashsagina moliyaviy vaziyat o‘zgarishi mumkin

1 daqiqa o‘qish5 028 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona” yozgi transfer oynasida xaridlarni amalga oshira olmasligi mumkin. Bu haqida Relevo nashriga tayanib Eurofootball xabar bermoqda. 

Foto: Getty Images

Kataloniya klubi ko‘plab yulduz futbolchilarga da’vogar sifatida tilga olinmoqda. Manbaning xabariga ko‘ra, yaqin orada katta transferlarni amalga oshirishga ularda imkon yo‘q. Sababi “Barselona” yangi futbolchilarni sotib olish uchun yetarli mablag‘ga ega emas. Klub qimmat futbolchilaridan biri bilan xayrlashsagina moliyaviy vaziyat o‘zgarishi mumkin.

“Ko‘k-anorranglilar” qishki transfer oynasida hech kimni sotib olmadi, lekin Vitor Rokeni sotishga muvaffaq bo‘ldi. “Palmeyras” braziliyalik hujumchi uchun 25 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘ladi.

Hozirda Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa 26-turdan keyin 57 ochko bilan La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Klubning eng yaqin ta’qibchilari “Atletiko”da 56, “Real”da esa 54 ochko mavjud. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar