Daryo

“Manchester Siti” “Milan” himoyachisini sotib olmoqchi

Italiya klubi Teo Ernandesning transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

1 daqiqa o‘qish5 110 ko‘rishlar0 izoh0

Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Milan”ning 27 yoshli chap qanot himoyachisi Teo Ernandesni sotib olish niyatida. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Foto: ManCity fans Channel

Manbada ma’lum qilinishicha, fransiyalik futbolchi va “rossonerilar” rahbariyati o‘rtasidagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Shu bois, “Milan” Ernandesning transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor va futbolchi uchun 35 million yevro talab qilmoqda. Ushbu narx “Manchester Siti”ni to‘liq qanoatlantirmoqda.

Italiya klubi qishki transfer oynasi paytida futbolchini A seriyaning boshqa jamoasi, “Komo”ga 50 million yevroga sotishga rozi bo‘lgan edi. Fransuz futbolchisi esa autsayder jamoa safiga o‘tishdan bosh tortdi. 

Teo Ernandes joriy mavsumda barcha turnirlar doirasidagi 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil yozida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar