Daryo

Olmaota shahriga avtomobillar kirishi pulli bo‘lishi mumkin

Havo sifatini yaxshilash uchun eski avtomobillarda kirishda pul olinadi

1 daqiqa o‘qish13 470 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘istonning Olmaota shahriga avtomobilda kirish uchun to‘lov tizimi joriy etiladi va shaharga kirish cheklanadi. Bu haqda Olmaota hokimi Yerbolat Dosayevga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.

Foto: inbusiness.kz

Hokimga ko‘ra, 2025—2027-yillarga mo‘ljallangan havo sifatini yaxshilash dasturi doirasida 1-iyuldan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Choralardan biri avtoturargohlar narxini sezilarli darajada oshirishdir. Bu shahar markazidagi avtomobillar sonini kamaytirishi kutilmoqda.

Biz barcha yirik shaharlarda bo‘lgani kabi, shahrimizdagi avtomobil to‘xtash joylarining narxini sezilarli darajada oshiramiz. Bu orqali shaxsiy avtomobillarni shahar markazidan siqib chiqarishga erishamiz, dedi Yerbolat Dosayev.

Shuningdek, u shahar harakatchanligini yaxshilash uchun yerosti va yerusti tezkor jamoat transportini rivojlantirish, transport almashinuv uzellarini qurish muhimligini ta’kidladi.

Transport aloqasi va transport xizmatlari sifati masalalarini hal qilishimiz bilanoq, albatta, bizda shunday g‘oyalar bor. Menga doimo Nyu York haqida gapirishadi: yuqori va quyi Manhettenda harakat 20 foizga kamaygan, chunki ular tegishli to‘lovni joriy etishgan.
Biroq Nyu York bunga uzoq yillar davomida tayyorgarlik ko‘rgan. Bizning taxminimizcha, agar 2026-yil oxirigacha transport tizimining asosi tayyor bo‘lsa, 2027-yildan boshlab dastlabki cheklovlarni kiritamiz, dedi Yerbolat Dosayev.

U zamonaviy ekologik standartlarga javob bermaydigan avtomobillar uchun kirish pullik bo‘lishini aytdi. Biroq elektromobillar va ekologik toza transport egalariga cheklovlar ta’sir qilmaydi.

2025-yilning kuzidan Olmaotada intellektual transport tizimi (ITS) joriy etiladi, shu jumladan, kirish nazorati ham bo‘ladi. 2024-yilda shaharda yana uchta kommunal avtoturargoh qurish rejalashtirilgan. Biroq mutaxassislarning fikricha, bu tirbandlik muammosini hal qilmaydi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar