Daryo

G‘azoda yana 3 nafar bola sovuq qotishdan vafot etdi

Isroil hamon sektorga gumanitar yordam olib kirishni cheklamoqda

1 daqiqa o‘qish3 902 ko‘rishlar0 izoh0

G‘azo sektorida kamida uch nafar bola sovuq qotishdan vafot etdi. Bu haqda Falastin sog‘liqni saqlash sohasidagi manbalarga tayanib, WAFA axborot agentligi xabar berdi.

Illyustativ foto: G‘azo shimolidagi Jabaliyadan ko‘chirilgan 50 yoshli Reda Abu Zarada 2024-yil 19-dekabr kuni G‘azo sektorining Xon Yunus shahridagi lagerda nabiralari bilan isinmoqda / AP Photo

Hozirda G‘azoda sovuq qotish oqibatida vafot etgan bolalar soni 10 nafarga yetdi. O‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay, Isroil hamon sektorga gumanitar yordam kirishini cheklayotgani aytilmoqda. Bu esa boshpana va issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarib, G‘azo aholisining ahvolini yanada og‘irlashtirmoqda.

Manbalarga ko‘ra, kuchli sovuq fonida G‘azo sektoridagi ko‘plab bolalar “og‘ir ahvolda”. Isroil armiyasining G‘azo sektorida 15 oydan ortiq davom etgan hujumlari oqibatida 61 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. G‘azoda ko‘chirilganlar soni 2 million kishiga yetdi.

HAMAS va Isroil o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi 600 mingdan ortiq falastinliklarga o‘zlarining shahar va qishloqlariga qaytish imkonini berdi. Ular qaytgach, yashash uchun yaroqsiz hududlardan boshqa hech narsa topmadi. G‘azodagilar o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasida ko‘chma uylar va boshpanalarga muhtoj.

Biroq Isroil hozirgacha G‘azo sektoriga yetarli miqdorda ko‘chma boshpana va chodirlar kiritilishiga ruxsat bermagan. Oilalar bir yarim yildan ko‘proq vaqt davomida qo‘lbola chodirlardan foydalanib kelgan va endi ochiq joylarda yashamoqda. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar