Daryo

Eng yirik kripto o‘g‘rilik: xakerlar Bybit birjasidan 1,5 mlrd dollar yechib oldi

Zararli dasturni yaratgan va kriptobirjaga hujum uyushtirganlar Shimoliy Koreya xakerlari, xususan, Lazarus guruhi ekani taxmin qilinmoqda

1 daqiqa o‘qish8 853 ko‘rishlar0 izoh0

Xakerlar eng yirik kriptovalyuta birjalaridan biri bo‘lgan Bybit birjasini buzib kirdi va 1,46 milliard dollar pulni yechib oldi. Bu haqida Bloomberg xabar berdi.

Bybit jamoasi buzg‘unchilikni tasdiqladi va hujumchilar Ethereum “sovuq hamyonlari”dan biriga (oflayn) kirish huquqini qo‘lga kiritganligini ma’lum qilishdi. Ular soxta foydalanuvchi interfeysidan foydalanganlar va smart-shartnoma tartibini o‘zgartirganlar.

Foto: Google Images

Buning yordamida xakerlar soxta tranzaksiya uchun imzo qo‘lga kiritishga va pul mablag‘larini o‘z manzillariga o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi. Dasturchilarning so‘ziga ko‘ra, platformaning qolgan hamyonlariga hech qanday xavf tahdid solmayapti.

“Biz o‘z foydalanuvchilarimiz va hamkorlarimizni Bybit birjasidagi qolgan “sovuq hamyonlar” butunlay xavfsiz holda ekaniga ishontirmoqchimiz. Mijozlarning barcha mablag‘lari xavfsiz va bizning operatsiyalarimiz odatdagidek uzilishlarsiz davom etmoqda”, deyiladi kompaniya bayonotida.

Zararli dasturni yaratgan va kriptobirjaga hujun uyushtirganlar Shimoliy Koreya xakerlari, xususan, Lazarus guruhi ekani taxmin qilinmoqda.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar