Daryo

Yaponiyada har qanday joyda uxlash imkonini beruvchi “aqlli” kurtka taqdim etildi (video)

Kurtka foydalanuvchining uyqu holati, stress darajasi va yurak urishi tezligini kuzatib boruvchi qurilmalar bilan jihozlangan

1 daqiqa o‘qish8 517 ko‘rishlar0 izoh0

Yaponiyaning ZZZN kompaniyasi Sleep Apparel System nomli yangi innovatsion paxmoq kurtkani taqdim etdi. U foydalanuvchilarga istalgan joyda va vaqtda uxlash imkonini berib, nafaqat issiqlikni ta’minlaydi, balki bir nechta ilg‘or texnologik funksiyalarni ham o‘z ichiga oladi.

Foto: DesignBoom

Kurtka quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

Biometrik ma’lumotlarni kuzatish: Sleep Apparel kurtkasi komplektida maxsus uzuk ham bo‘lib, u foydalanuvchining uyqu holati, stress darajasi va yurak urish tezligini kuzatib boradi. Bu ma’lumotlar asosida kurtka egasiga moslashtirilgan optimal uyqu muhiti ta’minlanadi.

Ovoz tizimi: Bosh qismiga o‘rnatilgan quloqchinlar orqali uyquga ketishni osonlashtiruvchi turli musiqa va ohanglar taraladi. Bu quloqchinlar tashqi shovqinni izolyatsiya qilib, chuqur dam olishga yordam beradi.

Foto: DesignBoom

Yoritish tizimi: Uyquga ketish jarayonida bosh qismidagi qizil yoritgichlar quyosh botgandagi shafaqdek sokinlik beradi. Uyg‘onish vaqtida esa ko‘k yoritgichlar va maxsus musiqa tananing tetiklashishiga ko‘maklashadi.

Ergonomik dizayn: Kurtka yenglari va etakdagi tortuvchi iplar yordamida, foydalanuvchi o‘zining o‘lchamiga mos ravishda kiyimni sozlab olishi mumkin.

Foto: DesignBoom

Turli sharoitlarga moslashuvchanlik: Kurtkaning bosh qismi va kapyushoni bosqichma-bosqich yopiladi va tik o‘tirgan holatda ham uxlash imkonini beradi. Shuningdek, u foydalanuvchining uyqu holati, atrof-muhit harorati va sharoitlariga mos ravishda sozlanadi.

ZZZN Sleep Apparel System kurtkasi 2025-yilda 13-apreldan 13-oktyabrgacha Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Expo ko‘rgazmasida namoyish etilishi rejalashtirilgan

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar