Daryo

“Real” klubi La Ligani tark etishi mumkin

La Liga rahbari va “qirollik klubi” prezidenti Peres o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab, “Real” boshqa chempionatlarda o‘ynash imkoniyatini o‘rganmoqda

1 daqiqa o‘qish40 616 ko‘rishlar0 izoh0

“Real” Ispaniya chempionatidan tark etib, boshqa ligaga qo‘shilishi mumkin. Bunga sabab sifatida "hakamlarning ta’qibi" ko‘rsatilmoqda, deb yozadi Sport.es.

Foto: Goal

Manbaga ko‘ra, La Liga rahbari Xavyer Tebas va “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres o‘rtasida jiddiy kelishmovchilik yuzaga kelgan. Madrid klubi boshqa liga izlash variantini ko‘rib chiqmoqda. Ular Bundesligada, A Seriyada yoki Liga 1 da o‘ynash imkoniyatini o‘rganmoqda.

Hozirda “Real” Ispaniya chempionatida 51 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qo‘l ostida 24 turda shuncha ochko jamg‘ara oldi. “Barselona” ham xuddi shuncha ochko to‘plagan, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha oldinda bormoqda.

“Real” navbatdagi uchrashuvda UEFA Chempionlar Ligasi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tushadi. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 3:2 hisobida Madrid klubi foydasiga hal bo‘lgandi.

Avvalroq “Osasuna” bilan o‘yinda haqoratli so‘z ishlatgani vaji bilan maydondan chetlatilgan “Real Madrid” futbolchisi Jud Bellingem hakamlik haqida fikr bildirib, bunday holatlar Ispaniyadagi hakamlik sifatiga shubha bilan qarashga undashini aytgandi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar