Daryo

FT: Yevropa davlatlari Ukrainaga qo‘shin yuborish borasida tortishdi 

To‘rtta davlat urush davom etayotgan Ukrainaga tinchlikparvar kuchlar yubormasligini bildirdi

1 daqiqa o‘qish10 614 ko‘rishlar0 izoh0

Yevropa davlatlari yetakchilari 17-fevral kuni Parijda favqulodda sammit o‘tkazdi. Unda Ukrainaga harbiylarni yuborish masalasida tortishuv yuzaga keldi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Foto: DPA
Parijdagi sammitda rahbarlar to‘planganda, Buyuk Britaniya “jang maydoniga chiqish”ni taklif qilganidan bir necha soat o‘tib, Germaniya, Italiya, Polsha va Ispaniya urush davom etayotgan mamlakatga tinchlikparvar kuchlar yuborishni istmasligini bildirdi, deyiladi xabarda.

Sammitdan oldin Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer uning mamlakati xavfsizlik kafolatlarini ta’minlash uchun Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini aytgandi. Sammitdan so‘ng Germaniya kansleri Olaf Shols urush hali ham davom etayotganini hisobga olib, qo‘shinlarni joylashtirish haqidagi muhokamani “mutlaqo o‘rinsiz” deb baholagan.

Buni muhokama qilishga erta va hozir buning uchun mos payt emas, dedi Shols.

U muhokamadan “biroz jahli chiqqani”ni aytib, buni “noo‘rin vaqtda va noo‘rin mavzuda olib borilgan tushunarsiz bahs” deb ta’rifladi.

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Yevropa qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish masalasida ikkilanayotganini, bu turli variantlar orasida “eng qiyini va eng samarasi past” ekanini aytdi. Britaniya bosh vaziri Kir Starmer esa “agar mustahkam tinchlik kelishuviga erishilsa, boshqa davlatlar bilan birgalikda Britaniya qo‘shinlarini joylashtirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor” ekanini bildirdi.

AQSHning qo‘llab-quvvatlashi zarur. AQSHning xavfsizlik kafolati Rossiyani Ukrainaga qayta hujum qilishdan to‘xtatib qolishning yagona samarali usuli hisoblanadi, dedi u.

Starmer kelasi hafta Vashingtonda Tramp bilan uchrashishini, so‘ngra Yevropa yetakchilari bilan qo‘shimcha muzokaralar olib borishini tasdiqladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar