Daryo

Tayvandagi savdo markazida portlash: qurbonlar bor (video)

Portlash oqibatida 235 ga yaqin odam evakuatsiya qilindi, hudud qurshab olindi

1 daqiqa o‘qish4 550 ko‘rishlar0 izoh0

Tayvandagi savdo markazida gaz portlashi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda rasmiylarga tayanib, CNN xabar berdi.

Kollaj: Online Citizen

Hodisa 13-fevral kuni Taychjun shahrida yuz bergan. Yong‘in xavfsizligi agentligi portlash savdo markazining 12-qavatida sodir bo‘lganini aytmoqda. Mazkur qavatda oziq-ovqat korti uchun qurilish ishlari olib borilayotgandi. 

Portlash oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi jarohat olgan. Bino va hududdan 235 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Videoda oyna panellari pastdagi trotuar va yo‘llarga tushgani, u yerda mashinalar tirbandlikda ekani, 12-qavatdan tutun ko‘tarilayotgani aks etgan.

Foto: AP Photo

Savdo markazi ichidan olingan boshqa kadrlarda portlash oqibatida devorlar shikastlangani, singan quvurlardan suv otilib chiqayotgani ko‘rsatilgan.

Foto: CNN

Tayvan prezidenti Lay Sindze bir qator davlat idoralari, jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun safarbar etilganini aytdi. Prezident hodisa sabablarini imkon qadar tezroq tekshirishni talab qildi va aholiga voqea joyiga yaqinlashmaslik haqida murojaat qildi.

Tayvan ilgari ham dahshatli gaz portlashlarini boshidan kechirgan

2014-yilda janubiy Kaosyun shahrida yerosti gaz sizib chiqishi oqibatida sodir bo‘lgan bir qator portlashlar yigirmadan ortiq odamning o‘limiga va yuzlab kishining jarohatlashiga olib kelgan.

Portlashlar shunchalik kuchli ediki, asosiy ko‘chalarda chuqur yoriqlar paydo bo‘lgan, avtomobil va yuk mashinalarini ag‘darib yuborgan, ulardan biri hatto uch qavatli binoning tomida topilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar