Daryo

Hindiston bosh vaziri samolyotini portlatmoqchi bo‘lishdi — OAV

Hujum rejalashtirilgani haqida politsiyaga ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroq kelib tushdi

1 daqiqa o‘qish15 550 ko‘rishlar0 izoh0

Hindiston bosh vaziri Narendra Modining xorijga safari chog‘ida samolyotini portlatmoqchi bo‘lishdi. Bu haqda Hindustan Times xabar berdi.

Foto: Hindiston bosh vazirining X dagi sahifasi

 

Politsiyaga samolyotga hujum rejalashtirilgani haqida ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Tegishli ogohlantirish 11-fevral kuni olingan. Politsiya ma’lumotning jiddiyligini hisobga olib, boshqa agentliklarni xabardor qilgan va tergovni boshlagan.

Mumbayning Chembur tumanidan qo‘ng‘iroq qilgani aytilayotgan shaxs qo‘lga olingan. U ruhiy kasallikka chalingani aniqlangan. Xabar yolg‘on bo‘lgani haqida ma’lumot mavjud emas.

Modi 10-fevral kuni Fransiya va AQSHga to‘rt kunlik tashrifini boshladi. Parijda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha sammit doirasida u Alphabet bosh direktori Sundar Pichai bilan uchrashdi. Modi u bilan sun’iy intellekt Hindistonga olib keladigan “aql bovar qilmaydigan imkoniyatlar”ni muhokama qildi.

12-fevral feval kuni u prezident Donald Trampning taklifiga binoan AQSHga keladi. Tramp prezidentlikka kirishgach, AQSHga tashrif buyurgan to‘rtinchi jahon yetakchisi Modi bo‘ladi. Avval AQSHga Isroil, Yaponiya bosh vazirlari va Iordaniya qiroli tashrif buyurgandi.

Narendra Modiga ehtimoliy hujum haqida ogohlantirish avval ham kuzatilgandi. Mumbay politsiyasi ikki oy oldin, 2024-yil dekabr oyida shunday signal olgan. O‘shanda noma’lum erkak Hindiston bosh vaziriga suiqasd tayyorlanayotgani haqida gapirib bergan va Pokiston Idoralararo razvedkasining ikki agenti bombani portlatishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgan. Bungacha maxsus xizmatlar Modini o‘ldirish niyati haqida kamida beshta signalni qayd etgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar