Daryo

Turkiya Afg‘oniston elchixonasi faoliyatini to‘xtatdi

Elchixonada “Tolibon” hokimiyatni egallagunga qadar faoliyat yuritgan Afg‘oniston respublikasi jamoasi ishlayotgandi

1 daqiqa o‘qish22 395 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya rasmiylarining qaroridan so‘ng Anqaradagi Afg‘oniston elchixonasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Turkiye Today xabar berdi.

Foto: Amu TV

Elchixona so‘nggi uch yarim yil davomida, “Tolibon” hokimiyatga qaytgunga qadar faoliyat yuritgan Afg‘oniston jamoasi bilan ishlayotgan edi. Endilikda elchixona yopilishini Turkiya hukumati qarori bilan izohlamoqda.

2021-yil 15-avgust voqealaridan so‘ng, “Tolibon”ning elchixonani nazoratga olishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinishi, ushbu elchixona diplomatlari, xodimlariga, shuningdek, Turkiya hukumatiga ham bosim o‘tkazilgani sababli (Turkiya) Tashqi ishlar vazirligi elchining respublikadagi missiyasi va ushbu elchixona diplomatlarining faoliyatini tugatishga qaror qildi, deyiladi elchixona bayonotida.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi ham, afg‘on diplomatlari ham bu borada hech qanday bayonot bermagan. Elchixona qo‘riqchisi idora “Tolibon” rejimiga “mos kelmagani” uchun yopilayotganini ta’kidlagan. Elchixona Afg‘onistonda “xalq irodasiga asoslangan qonuniy hukumat yo‘qligi” sababli o‘z missiyasini tugatayotganini aytib, Turkiyaga “so‘nggi yillarda qo‘llab-quvvatlagani” uchun minnatdorlik bildirgan.

Turkiya “Tolibon” hokimiyatga qaytganiga qaramay, Kobulda o‘z elchixonasini, shuningdek, shimoldagi Mozori-Sharif shahrida va g‘arbdagi Hirotda konsulliklarini saqlab qoldi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar