Daryo

“Milan” — “Roma” uchrashuvida Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi asosiy tarkibda maydonga tushdi

1 daqiqa o‘qish64 541 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Italiya Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan markaziy bahsda “Milan” “Roma”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov dastlabki daqiqalardan maydonga tushdi va bir bo‘lim to‘liq harakat qildi. Ushbu davr mobaynida futbolchi 4 bor raqiblar darvozasiga zarba berdi. Ularning ikkitasi himoyachilar tomonidan qaytarildi, bir zarba darvozabon tomonidan bartaraf etildi yana biri esa aniq yetib bormadi.

Foto: Sofascore

Sofascore Shomurodovning o‘yinini 6,3 ballga loyiq ko‘rdi. “Roma” himoyachisi Ndika jamoa tarkibida eng past ball oldi — 6,1 ball. Asosiy tarkibda Eldorning hujumdagi sherigi Dibala 7,7 ball olgan.

Dubl qayt etgan “Milan” futbolchisi Abraham o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etilgan — 8,2 ball. Yana bir “Milan” futbolchisi Teo Ernandez ham eng yuqori (8,2) ball olgan.

Ma’lumot uchun, “Rossoneri” final yo‘llanmasi uchun “Inter” — “Latsio” juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar