Daryo

AQSH kelasi hafta Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini e’lon qiladi — Bloomberg

Anonim manbalar urushni tugatish bo‘yicha rejaning aytim tafsilotlarini ma’lum qildi

2 daqiqa o‘qish10 546 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp administratsiyasi kelasi hafta Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini e’lon qiladi. Bu haqda manbalarga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Foto: AP Photo

Reja 14-16-fevral kuni Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida taqdim etiladi. Bu haqda ittifoqchilarga AQSHning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg ma’lumot beradi. Muhokamalar qanchalik batafsil bo‘lishi va qanday formatda o‘tkazilishi noma’lum.

Reja elementlari orasida urushni potensial muzlatish va Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan hududni noaniq holatda qoldirish, shuningdek, Ukrainaga Moskva qayta hujum qila olmasligi to‘g‘risida xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish ham mavjud.

Kellogg fevral oyi oxirida Kiyevga va Yevropa Ittifoqining boshqa hududlariga birinchi safarini amalga oshirishi kutilmoqda. Ukrainada u Zelenskiy bilan uchrashishi ma’lum qilingan. Ukraina prezidenti esa Myunxen konferensiyasidan keyin Fors ko‘rfazi mintaqasidagi bir qancha davlatlarga borishni rejalashtirgan. Zelenskiy ofisidagi spikerlar bunga izoh berishdan bosh tortgan. 

Tramp harbiy yordam evaziga Ukrainaning foydali qazilmalariga ega bo‘lishni istaydi

Kellogg AQSH Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishdan keyin saylovlar o‘tkazilishini istashini, Tramp esa AQSHning qo‘llab-quvvatlashi evaziga muhim foydali qazilmalarga ega bo‘lish kelishuvning bir qismi bo‘lishi mumkinligini aytgan. U Myunxendagi yig‘ilishda ishtirok etish rejalarini tasdiqlagan. AQSH prezidenti, shuningdek, Moskvaga muzokaralar olib bormasa, sanksiyalar bilan tahdid qilgan.

♦ Ukrainaning urushni tugatish shartlari

Ukraina qo‘shinlarni 1991-yil chegaralariga olib chiqishni nazarda tutuvchi “tinchlik formulasi”ni amalga oshirishni talab qilmoqda. Gap 2014 va 2022-yillarda Rossiya tomonidan u yerda o‘tkazilgan “referendumlar” va Ukrainaning Qrim, Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojye viloyatlari noqonuniy anneksiya qilingani haqida ketmoqda. Moskva “tinchlik formulasi” asosida muzokaralar olib borish imkoniyatini istisno qiladi.

 ♦ Rossiya shartlari

Putin o‘t ochishni to‘xtatish uchun o‘z shartlarini ilgari surdi, jumladan, Ukraina qo‘shinlari o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilingan DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlaridan olib chiqilishi, ushbu to‘rtta hudud va Qrim go‘yoki xalqaro miqyosda Rossiyaning bir qismi sifatida tan olinishi, Ukrainaning NATOga a’zolikdan voz kechishi va sanksiyalarni olib tashlash. Zelenskiy bu taklifni “ishonib bo‘lmaydigan” ultimatum deb atadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar