Daryo

Tramp Isroilga 1 mlrd dollarlik bomba va buldozerlar yubormoqchi — WSJ

Isroil hukumati buldozerlardan asosan falastinliklarning uylarini buzish uchun foydalanadi. Bombalar og‘irligi esa 450 kiloni tashkil etadi

1 daqiqa o‘qish9 494 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp administratsiyasi Kongressdan Isroilga 1 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishni ma’qullashini so‘raydi. Bu haqda manbalarga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: Getty Images

Yordam paketiga qiymati 700 million dollarlik 450 kilogrammlik 4,7 mingta bomba va Caterpillar kompaniyasining 300 million dollarlik zirhli buldozerlari kirishi mumkin. Bu buldozerlar avvalroq Isroil hukumati tomonidan falastinliklarning uylarini buzish uchun ishlatilgan.

Qurol savdosining Kongress tomonidan ma’qullanishi bitim summasi chegaradan oshgan hollarda talab qilinadi. Bunday hollarda Davlat departamenti Vakillar palatasi va Senatning tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitalariga ma’lumot yuboradi va shartnoma tuzish uchun Kongressning roziligi olinishi kerak.

2-fevral kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHga keldi. Uning Tramp bilan uchrashuvi 4-fevralga belgilangan. Isroil bosh vaziri idorasi avvalroq Netanyaxu Tramp ikkinchi prezidentlik muddati davomida Vashingtonga taklif qilgan birinchi xorijiy yetakchi ekanini ta’kidlagandi.

3-fevral kuni Netanyaxu AQSHning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan HAMAS bilan kelishuv bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Axios manbalariga ko‘ra, Isroil bosh vaziri AQSH prezidenti bilan uchrashuvda o‘t ochishni to‘xtatishning birinchi bosqichi tugaganidan so‘ng HAMASga qarshi janglarni davom ettirish uchun ruxsat olishi mumkin.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar