• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Savdo urushi: Xitoy AQSH tovarlariga javob bojlari joriy qildi

    Xitoy AQSHdan import qilinadigan ko‘mir, suyultirilgan gaz, neft, qishloq xo‘jaligi texnikasi va ba’zi avtomobillarga boj joriy qiladi. Bu haqda Xitoy Moliya vazirligi xabar berdi.

    Illyustrativ foto: Shutterstock

    Ko‘mir va suyultirilgan gazga 15 foiz, neft, qishloq xo‘jaligi mashinalari hamda avtomobillarga 10 foiz boj solinadi. Tarkibida volfram bo‘lgan mahsulotlarga eksport nazorati choralari joriy etilmoqda.

    Bundan tashqari, Xitoy hukumati Calvin Klein, Tommy Hilfiger va Van Heusen brendlariga egalik qiluvchi PVH Corp va genetik testlash sohasidagi mahsulot hamda xizmatlar yetkazib beruvchi Illumina Inc.ni “ishonchsiz” tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi.

    Bu choralar AQSH tomonidan Xitoy tovarlariga import bojlarining oshirilishiga javoban ko‘rildi. Bu haqda prezident Donald Tramp oldinroq ma’lum qilgandi.

    “AQSHning bir tomonlama bojlarni joriy etishi Jahon savdo tashkiloti qoidalarini jiddiy ravishda buzmoqda. Bu ularga o‘z muammolarini hal qilishga yordam bermasdan qolmay, Xitoy va AQSH o‘rtasidagi normal iqtisodiy hamda savdo hamkorligiga ham putur yetkazadi”, deya ta’kidladi Xitoy Moliya vazirligi. 

    Xitoyning Valyutani nazorat qilish davlat boshqarmasi (State Administration of Foreign Exchange, SAFE) seshanba kuni Amerika kompaniyasi Google’ga (Alphabet Inc.ga qarashli) nisbatan monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish bo‘yicha tekshiruv boshladi.

    Google’ning qidiruv va boshqa bir qator xizmatlari 2010-yildan beri Xitoydagi foydalanuvchilar uchun yopiq, biroq kompaniya mamlakatda ayrim faoliyatlarini, asosan, onlayn reklama sohasida davom ettirmoqda.

    3-fevral kuni Tramp jurnalistlarga keyingi 24 soat ichida Pekin bilan muzokaralar bo‘lishi ehtimoli borligini aytgan. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levittning Fox News’ga ma’lum qilishicha, gap Tramp va Xitoy raisi Si Szinpin o‘rtasidagi suhbat haqida bormoqda.

    Tramp 3 ta davlatga bojlar joriy qildi

    AQSH Kanada, Xitoy va Meksikadan keltirilayotgan tovarlarga bojxona to‘lovlarini joriy etadi. Prezident Donald Tramp tegishli farmonni 1-fevral kuni imzoladi. U mazkur qarorini noqonuniy migrantlar va giyohvand moddalar kontrabandasi tahdidi bilan izohladi. Bunga javoban Xitoy AQSHni savdo urushi boshlanishidan ogohlantirdi.

    Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida “savdo yoki bojxona urushida” g‘oliblar bo‘lmasligi ta’kidlangan.

    “Qo‘shimcha 10 foiz miqdoridagi bojlar mamlakatlar o‘rtasidagi narkotrafikka qarshi kurashda ikki tomonlama hamkorlikka ta’sir qilishi va unga zarar yetkazishi muqarrar”, deyiladi vazirlik xabarida.

    Xitoy “yangi bojlarni qat’iyan rad etishi” va “o‘z huquq va manfaatlarini qat’iy himoya qilishi uchun “tegishli javob choralarini ko‘rishi”ni ta‘kidladi. Endilikda Xitoy Jahon savdo tashkilotiga (JST) AQSHga qarshi shikoyat qilish niyatida.

    Kanada qanday chora ko‘rdi?

    Kanada Tramp tomonidan uning tovarlariga joriy etilgan 25 foizlik bojga javoban xuddi shunday choralar ko‘radi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ma‘lum qildi.

    AQSHdan keltirilayotgan 155 milliard Kanada dollari (106,5 milliard AQSH dollari) qiymatidagi mahsulotlarga 25 foizli boj solinadi. 4-fevraldan 30 milliard Kanada dollari miqdoridagi mahsulotlarga nisbatan, undan uch hafta o‘tgach esa qolgan summaga nisbatan choralar kuchga kiradi. Amerika bojlari ham 4-fevraldan amal qila boshlaydi.

    AQSH energiya resurslaridan tashqari barcha Kanada tovarlariga 25 foizlik boj joriy qildi — ularga boj 10 foizni tashkil qiladi. Tryudo kanadaliklarni mahalliy mahsulotlarni xarid qilishga va AQSHga emas, o‘z mamlakatida dam olishga chaqirdi.

    Tramp Kanada va Meksikaga nisbatan kuchga kiradigan bojlarni kamida 30 kunga kechiktirdi. Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum amerikalik hamkasbi bilan telefon orqali suhbatlashganini va ushu kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

    4 fevral, 15:50   Izoh (0)   4501
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH#Tramp#bojlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tramp ikkita davlatga AQSH tarkibiga kirishni taklif qildi 

    10.12.2024, 08:35

    Kanada AQSHni elektrdan uzib qo‘yish bilan tahdid qildi

    13.12.2024, 10:55

    Kaya Kallas: “AQSH va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi savdo urushida qaysi davlat g‘alaba qozonishini aniq ayta olaman”

    19.12.2024, 17:10

    Tramp AQSHdan neft va gaz sotib olishni ko‘paytirmasa, Yevropa ittifoqiga boj solish bilan tahdid qildi

    20.12.2024, 21:39

    Tramp Kanada AQSHga qo‘shilsa, soliqlarni 60 foizga kamaytirishni va’da qildi 

    26.12.2024, 21:10

    Tramp Ukraina masalasini hal qilish uchun tez orada Putin bilan uchrashmoqchi 

    23 yanvar, 23:30

    Tramp migrantlarni qabul qilmagani uchun Kolumbiyaga sanksiya kiritdi

    27 yanvar, 09:58

    “Ochko‘zligingiz tufayli insoniyatni yo‘q qilmoqdasiz” — Kolumbiya prezidenti Trampga yuzlandi

    27 yanvar, 15:15

    Trampning mis va alyuminiy uchun joriy qilmoqchi bo‘lgan bojlari oddiy amerikaliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi — Reuters

    28 yanvar, 18:25

    Tramp dollardan voz kechgan davlatlarga qanday choralar ko‘rishini aytdi

    31 yanvar, 08:53

    Xitoy AQSHni savdo urushi boshlanishidan ogohlantirdi 

    2 fevral, 16:46

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlari joriy qiladi

    2 fevral, 19:55

    Meksika Tramp bojlariga “B” reja bilan javob qaytaradi

    3 fevral, 11:25

    Oq uy Kanada va Meksikaga nisbatan joriy etilgan bojlar sababini tushuntirdi

    3 fevral, 20:10

    Tramp Meksikaga bojlarni bir oyga to‘xtatdi 

    3 fevral, 22:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ozarbayjon MDH yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortdi

    Dunyo | 13 avgust, 10:59

    Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan “texnik xatolik” sabab katta miqdorda pul yechib olgan. Qo‘mita “vaziyat nazoratga olinganini” maʼlum qildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 10:58

    Doktor Haus qayerda yashashini bilarmidingiz: mashhur seriallardagi ko‘pchilik e’tibor bermagan detallar

    Kino | 13 avgust, 10:31

    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

    Reklama | 13 avgust, 10:30

    UFC prezidenti Dana Uayt Oq uyda UFC turniri o‘tkazilishini rasman tasdiqladi

    Sport | 13 avgust, 10:23

    “Hindiston bizning bir tomchi suvimizni ham tortib ololmaydi” — Pokiston Bosh vaziri

    Dunyo | 13 avgust, 10:05

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 13 avgust, 09:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.