Daryo

Yoshko Gvardiol Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

Xorvatiyalik futbolchi Husanovga doim yordam berishga tayyor ekanini bildirdi

1 daqiqa o‘qish99 881 ko‘rishlar0 izoh0

“Manchester Siti” himoyachisi Yoshko Gvardiol jamoaning yangi aʼzosi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanovning “Chelsi”ga qarshi debyuti haqida fikrini bildirib, unga yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi.

“U yaxshi yigitga o‘xshaydi. O‘tgan o‘yinda yaxshi o‘ynadi. Premyer Ligada «Chelsi”ga qarshi o‘yinda debyut qilish oson emas. U hali yosh, biz unga har qanday yordamga tayyormiz. Abduqodir men yoki tajribali o‘yinchilarga bemalol suyanishi mumkin, uni qo‘llab-quvvatlaymiz, yordam beramiz”, deydi xorvatiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, APL 23-tur doirasida “shaharliklar” “Chelsi”ga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan Husanov APLda o‘ynagan ilk o‘zbekistonlikka aylandi.

Bugun, 29-yanvar kuni Gvardiola shogirdlari Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida “Bryugge”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvda “shaharliklar”ni faqat g‘alaba qanoatlantiradi. Boshqa har qanday natija APL klubini musobaqa bilan xayrlashishiga olib keladi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar