Daryo

Tramp Isroildagi kabi “Temir gumbaz” yaratishni buyurdi

Mutaxassislar AQSH uchun mudofaa tizimi samarasiz va juda qimmatga tushishidan ogohlantirdi

1 daqiqa o‘qish5 762 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH Isroilning “Temir gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimining analogini yaratadi. Prezident Donald Tramp armiya bo‘yicha farmonlar imzoladi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

“Qalqon”ni ishlab chiqish Trampning saylovoldi va’dalaridan biri edi. Mudofaa tizimlarini to‘liq AQSHda ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bunda yetakchi rolni temir rudasi qazib olishda peshqadam bo‘lgan Minnesota shtati o‘ynashi mumkin.

Biz amerikaliklarni himoya qila oladigan zamonaviy raketaga qarshi “Temir gumbaz” qalqonini ishlab chiqishni zudlik bilan boshlashimiz kerak, dedi Amerika rahbari.

U AQSHning “ballistik, qanotli va gipertovushli raketalar” tomonidan “halokatli tahdid”ga duch kelayotganini ma’lum qildi. Biroq, AQSH (3 800 000 kvadrat mil) kabi katta mamlakatni himoya qilishga qodir bo‘lgan har qanday qalqon, maydoni 8630 kvadrat mil bo‘lgan Isroil tizimidan ancha kattaroq bo‘lishi aniq.

Ko‘plab harbiy ekspertlar bunday miqyosdagi “Temir gumbaz” samarasiz bo‘lishi va juda qimmatga tushishi haqida ogohlantirmoqda.

“Temir gumbaz” — uchish masofasi 50 kilometrdan 200 kilometrgacha bo‘lgan boshqarib bo‘lmaydigan taktik raketalardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan tizim. Uni 2000-yillarning boshlarida Isroilning Rafael kompaniyasi ishlab chiqqan. Bitta batareya 1,5 ming kvadrat kilometrgacha bo‘lgan hududni himoya qilishi mumkin.

Trampning boshqa farmonlari “gender radikalizmi”ni yo‘q qilish va armiyada xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik siyosatiga taalluqli. Siyosatchi ilgari ham gender xilma-xilligiga qarshi chiqqandi. 2018-yilda, o‘zining birinchi muddati davomida, u transgenderlarning armiyada xizmat qilishini taqiqlagandi. Hokimiyatga kelgan Jo Bayden bu taqiqni bekor qilgan. Oq uyga qaytgandan so‘ng, respublikachi AQSHda faqat ikkita jinsni — erkak va ayolni rasman tan oldi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar