Daryo

Cherchesov Qozog‘iston terma jamoasi murabbiyligidan ketdi

Shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuviga asosan bekor qilingan

1 daqiqa o‘qish14 588 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘iston futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov o‘z lavozimidan ketdi. Shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuviga asosan bekor qilindi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Rossiyalik mutaxassis 2024-yil iyunidan Qozog‘iston terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi. Uning rahbarligida terma jamoa UEFA Millatlar Ligasi musobaqasida 6 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ochko to‘pladi.

Qozog‘iston futbol federatsiyasi Stanislav Salamovich va uning shtabiga bajarilgan ishlar uchun minnatdorchilik bildirib, kelajakdagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilagan.

Federatsiya milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi uchun nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar