Daryo

Tramp Putin urushni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, qanday chora ko‘rishini aytdi

U Rossiya va Ukraina prezidentlari bilan “ular xohlagan vaqtda” uchrashishga tayyorligini ta’kidladi

1 daqiqa o‘qish32 306 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralardan bosh tortsa, qanday chora ko‘rishini aytdi.

 

Tramp 20-yanvar kuni prezidentlik lavozimiga kirishdi, u Ukrainadagi urushni inauguratsiyadan keyin 24 soat ichida tugatishga va’da bergandi. Biroq mazkur va’dasi ustidan chiqmadi. Endilikda siyosatchi agar Putin urushni to‘xtatishga ko‘nmasa, “ehtimol” Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishini aytmoqda.

Tramp Rossiya va Ukraina prezidentlari bilan “ular xohlagan vaqtda” uchrashishga tayyorligini ta’kidladi. Bundan tashqari, u Ukrainadagi urush qurbonlarining rasmiy sonini shubha ostiga qo‘ydi. Tramp urush allaqachon “millionlab odamlarning” hayotiga zomin bo‘lganini ta’kidladi.

Amerika prezidentining hisob-kitoblariga ko‘ra, Moskva 800 mingga yaqin, Kiyev esa 600 dan 700 minggacha odamni yo‘qotdi. Tramp, shuningdek, AQSH Ukrainaga yordam berish masalasida NATOning boshqa mamlakatlariga nisbatan nomutanosib yuqori moliyaviy yukni ko‘tarayotganini yana tanqid qildi. U alyans davlatlarini mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirishga chaqirdi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar