Daryo

Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in: 10 kishi halok bo‘ldi (video)

Jarohatlanganlar soni 30 dan oshdi, yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda

1 daqiqa o‘qish9 330 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiyaning Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi jarohatlandi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.

Yong‘in 12 qavatli yog‘och mehmonxonada yong‘in sodir bo‘lgan va tezda butun binoga tarqalgan. Qutqaruvchilar dam olayotganlarni evakuatsiya qilib, kurortning to‘rtta mehmonxonasiga joylashtirgan. O‘t o‘chiruvchilar olovni o‘chirishda davom etmoqda.

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in mehmonxonaning restoran qismida boshlangan, xodimlar choralar ko‘rgan, o‘t o‘chiruvchilar taxminan 40-45 daqiqadan so‘ng voqea joyiga yetib kelgan.

“Yong‘inni bartaraf etishda turli davlat idoralari va tashkilotlarining 267 nafar xodimi ishtirok etdi va bu ishlar davom etmoqda”, dedi Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya.

Kartalkaya — Turkiyaning shimoli-g‘arbidagi tog‘-chang‘i kurorti. U Bolu provinsiyasida, Keroglu tog‘ tizmasi hududida joylashgan. Tog‘ tizmasining eng baland nuqtasi — Keroglu tepesi. U dengiz sathidan 2499 metr balandlikda joylashgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar