Daryo

Umra va haj ziyoratchilariga emlanish talab etiladi

Saudiya Arabistoniga boradiganlar 1-fevraldan emlanish sertifikatiga ega bo‘lishi kerak

1 daqiqa o‘qish22 593 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi infeksiyalar tarqalish xavfi yuqori bo‘lgani sababli barcha umra va haj ziyoratchilariga meningokokk meningitiga qarshi emlash majburiyatini yukladi.

2025-yil 1-fevraldan boshlab, viza turidan qat’i nazar, Saudiya Arabistoni hududiga kelayotganlarga meningitga qarshi emlash talab etiladi. Yo‘lovchilar to‘rt komponentli Neisseria vaksinasi, polisaxarid yoki konyugirlangan vaksina bilan emlanishlari shart.

Ular to‘rt komponentli vaksina uchun kelishlaridan kamida o‘n (10) kun oldin, polisaxarid vaksina uchun uch (3) yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda yoki konyugirlangan vaksina uchun besh (5) yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda berilgan emlash sertifikatiga ega bo‘lishi lozim.

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga emlash talab qilinmaydi. Emlanishni sayohatdan kamida 10 kun oldin rejalashtirish tavsiya etiladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar