Daryo

Xvicha Kvaratsxeliya “PSJ”ga o‘tdi – insayder

Futbolchi yangi klubida yillik 6 mln yevro maosh olishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish6 964 ko‘rishlar0 izoh0

Taniqli insayder Fabrisio Romano “Napoli” vingeri Xvicha Kvaratsxeliya “PSJ”ga o‘tganini maʼlum qildi. 

Maʼlum qilinishicha, gruziyalik futbolchining “PSJ”ga transfer qilinishi masalasi hal bo‘lgan. U Parij klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Ikki klub 70 mln yevro transfer narxi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Futbolchi yangi klubida yillik 6 mln yevro maosh olishi kutilmoqda.

Avvalroq “Barselona” gruziyalik Xvicha Kvarasxeliyaga jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar berilgandi.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” gruziyalik futbolchi Xvicha Kvaratsxeliyaga qiziqish bildirgani aytilgandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar