Daryo

“Real” klubining sobiq futbolchisi “Barsa” klubini yoqtirishini tan oldi

“U yerda faqat g‘alaba qozonishni emas, balki futboldan zavqlanish haqida ham o‘ylashadi”, deydi futbolchi

1 daqiqa o‘qish13 446 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi hujumchisi Antonio Kassano “Barselona”ni yoqtirishini aytdi.

Men “Real”da o‘ynaganman, ammo hech qachon “Barselona”da o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lmaganman. Lekin men “Barsa” klubini yoqtirganman va hanuzgacha klubga bo‘lgan mehrim saqlanib qolgan. “Barsa”ning o‘yin uslubi maftun etadi. U yerda faqat g‘alaba qozonishni emas, balki futboldan zavqlanish haqida ham o‘ylashadi. To‘pga egalik qilish, hujumkor o‘yin — hech qaysi jamoa buni “Barsa”dek amalga oshira olmaydi. Klub futbolchilari hech narsadan qo‘rqmaydi” deya Kassanoning so‘zlarini keltiradi Barca Universal nashri.

Ma’lumot uchun, Kassano “qirollik klubi” safida 2006-yildan 2008-yilgacha o‘ynagan. Bu davrda u barcha musobaqalarda jami 29 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urgan.

Avvalroq “Barselona” Ispaniya Superkubogi finalida “Real” ustidan g‘alaba qozonib bosh sovrinni qo‘lga kiritgani xabar qilingandi. 19 turdan so‘ng Kataloniya klubi 38 ochko to‘plab, turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar