Daryo

Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirdi (video)

Ular Yevropa integratsiyasini qo‘llab-quvvatlab namoyishga chiqqach, ushlangan shaxslarni hibsda qoldirish hukmidan norozilik bildirdi

1 daqiqa o‘qish7 615 ko‘rishlar0 izoh0

Gruziya poytaxti Tbilisida 12-yanvar kuni namoyishchilar korporativ ziyofatga kelgan sudyalarga tuxum uloqtirdi. Bu haqda Exo Kavkaza xabar berdi.

Namoyishchilar sudyalar korpusi vakillari uchun tantanali kecha o‘tkazilayotgan restoran oldida to‘plangan. Ular sudyalarni yoqimsiz shiorlar bilan qarshi olgan. Bir necha sudya restorandan chiqqanidan so‘ng, namoyishchilar ularga tuxum uloqtirishi ortidan mojaro boshlangan.

Ta’kidlanishicha, og‘zaki tortishuvdan so‘ng huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvlar boshlangan. Buning oqibatida politsiya xodimlari bir necha kishini hibsga olgan.

Namoyish sababi

Fuqarolarning noroziligi Tbilisi shahar sudining qarorlari bilan bog‘liq. Qaror bo‘yicha, Yevropa integratsiyasini qo‘llab-quvvatlab namoyishga chiqqan va jinoyat moddalariga ko‘ra qo‘lga olingan shaxslar hibsda qoldirilmoqda. Qo‘lga olinganlarning ota-onalari ham sudyalarga qarshi norozilik bildirgan.

Parallel ravishda aksiya Batumida kechqurun bo‘lib o‘tdi, u yerda hibsga olishlar 11-yanvarda boshlanib, 12-yanvar kuni davom etgan. Qo‘lga olinganlar orasida muxolifatdagi “Droa” partiyasi yetakchisi Elene Xoshtariya hamda “Batumelebi” va “Netgazeti” internet nashrlari asoschisi Mziya Amaglobeli bor.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar