Daryo

Karlo Anchelotti “Barsa”dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

Ispaniya Superkubogi final uchrashuvida “qirollik klubi” yirik hisobda yutqazdi

1 daqiqa o‘qish17 893 ko‘rishlar0 izoh0

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga (2:5) qarshi o‘yinda jamoa nega mag‘lubiyatga uchraganini aytdi.

“Real” umuman o‘ynamadi va rejalashtirilgan taktika maydonda amalga oshmadi. Himoyada yomon harakat qildik, bu esa bizning o‘yindagi asosiy muammo bo‘ldi. Ular juda oson gol urdi, biz esa yuqori pressingda ham, chuqur himoyada ham yaxshi o‘ynamadik. Tanaffusda men futbolchilarga avvalo futbol o‘ynashga harakat qilish kerak ekanini aytdim, chunki birinchi bo‘limda biz umuman o‘ynay olmadik. Faqat uzoq uzatmalarni amalga oshirdik, lekin bu bizning reja emas edi. Taktika futbol o‘ynash edi, ammo buni bajara olmadik. Men futbolchilarga o‘yinni yutqazish mumkinligini, ammo birinchi bo‘limdagidek xatolar evaziga emasligini aytdim, deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi Marca.

“Barselona” Ispaniya Superkubogining eng sovrindor jamoasi hisoblanadi. Kataloniyaliklar bu sovrinni 15 marta qo‘lga kiritgan. Ikkinchi o‘rindagi “Real” hisobida 13 ta shu turdagi sovrin mavjud.

Ispaniya Superkubogi yarim finalida “Real” “Malyorka”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar