Daryo

Reshford vakillari “Milan” mutasaddilari bilan uchrashdi

“Manchester Yunayted” futbolchisiga “Yuventus” va “Borussiya” klublari ham qiziqish bildirmoqda

1 daqiqa o‘qish4 566 ko‘rishlar0 izoh0

Kecha, 8-yanvar kuni “Manchester Yunayted”ning angliyalik hujumchisi Markus Reshford va “Milan” direktorlar kengashi vakillari o‘rtasida ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, uchrashuv davomida transfer borasida muhokama bo‘lmagan, “Milan” o'z loyihasini taqdim etgan, biroq hali futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqmagan.

Qayd etilishicha, Italiya klubi ijara narxni o‘rganmoqda. Bundan tashqari, futbolchiga “Yuventus” va Dortmundning “Borussiya” klublari qiziqish bildirishda davom etmoqda va futbolchining vakillari ular bilan ham uchrashish niyatida.

Reshford joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy bahosi 55 million yevroni tashkil qiladi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar