Daryo

Reshford Saudiya klublaridan tushgan takliflarni rad etdi

Unga yillik 35 million funt sterling maosh taklif qilingan

1 daqiqa o‘qish5 130 ko‘rishlar0 izoh0

Angliyaning “Manchester Yunayted” futbol klubi hujumchisi Markus Reshford Saudiya Arabistonidan tushgan uchta taklifni rad etdi. Ushbu takliflar yillik 35 million funt sterling maoshni o‘z ichiga olgan, deya xabar bermoqda Daily Mail.

27 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonining uchta klubidan tushgan takliflarni rad etgani va Turkiya klubiga o‘tishni ham istamayotgani ma’lum qilgan. Reshford faqat yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan va Angliya terma jamoasidagi o‘rniga da’vogarlik qilishiga imkon beradigan raqobatbardosh klubga o‘tishni istamoqda.

Joriy mavsumda futbolchi klub safida barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Angliya terma jamoasi a’zosi klub safida 2015-yildan beri o‘ynab kelmoqda. Ushbu davr mobaynida Reshford 287 uchrashuvda maydonga tushib 87 ta gol urgan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar