Daryo

Tramp garovga olinganlar 20-yanvargacha ozod qilinmasa, HAMASga “jahannam” va’da qildi 

“Asirlar lavozimga kirishgunimga qadar qaytarilmasa, Yaqin Sharqda haqiqiy do‘zax boshlanadi. Bu hamma uchun yomon bo‘ladi”, dedi AQSHning saylangan prezidenti

1 daqiqa o‘qish11 310 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp agar Falastinning HAMAS harakati 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan inauguratsiyaga qadar garovda ushlab turilganlarni ozod qilmasa, ularga nisbatan qattiq choralar ko‘rishga va’da berdi.

“Agar garovga olinganlar qaytib kelmasa, jahannam boshlanadi. Men muzokaralarga xalaqit berishni xohlamayman, lekin agar ular men lavozimga kirishishimga qadar qaytarilmasa, Yaqin Sharqda haqiqiy do‘zax boshlanadi. Bu HAMAS uchun, to‘g‘risini aytganda, hamma uchun ham yomon bo‘ladi”, dedi Tramp.

Uning ta’kidlashicha, garovga olinganlar bilan bog‘liq vaziyat 2023-yil 7-oktyabrda HAMASning Isroil hududiga hujumi oqibati ekanini qo‘shimcha qildi.

“Garovga olinganlar allaqachon ozod qilinishi kerak edi”, deydi AQSHning saylangan prezidenti.

Reuters nashri avvalroq HAMAS Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim doirasida ozod qilishga tayyor bo‘lgan 34 nafar garovga olinganlar ro‘yxatini tuzgani haqida xabar bergandi.

Foto: Flash90

HAMAS vakili suhbatda bitimni Isroil qo‘shinlarini G‘azodan olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishilgan taqdirdagina amalga oshirish mumkinligini ta’kidladi. Shuningdek, guruh vaqtinchalik sulh emas, balki jangovar harakatlarni to‘liq to‘xtatishga erishmoqchi.

25-dekabr kuni HAMAS Isroilni qo‘shinlarni olib chiqish, o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olish bilan bog‘liq yangi shartlarni ilgari surishda ayblagan edi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu aynan HAMAS avval kelishilgan shartlarga rioya qilishdan bosh tortayotgani kelishuvga erishishga to‘sqinlik qilayotganini aytgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar