Daryo

Hindistonda portlash oqibatida 8 nafar politsiyachi halok bo‘ldi

Portlash xavfsizlik kuchlarini nishonga olgan qator hujumlarning bir qismi bo‘lib, politsiya va isyonchi guruhlar o‘rtasidagi muntazam to‘qnashuvlar fonida sodir bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish5 018 ko‘rishlar0 izoh0

Hindistonning Chxattisgarx shtatida bomba portlashi oqibatida kamida sakkiz nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.

Hindiston politsiyasi portlash oqibatida sakkiz nafar xodim va haydovchi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Hujum uchun javobgarlikni hech bir qurolli guruh o‘z zimmasiga olmadi, biroq xavfsizlik kuchlari mintaqadagi eng faol maoist isyonchilarini asosiy gumondor sifatida ko‘rmoqda.

Portlash xavfsizlik kuchlarini nishonga olgan qator hujumlarning bir qismi bo‘lib, politsiya va maoist isyonchilar o‘rtasidagi muntazam to‘qnashuvlar fonida sodir bo‘ldi.

Chxattisgarx va unga qo‘shni Hindistonning markaziy va sharqiy shtatlari hukumat va radikal maoist guruhlar o‘rtasida o‘nlab yillar davom etgan qurolli to‘qnashuvlardan aziyat chekmoqda.

So‘nggi yillarda harbiylashtirilgan guruhlarning faoliyati sezilarli darajada kamayganini ham ta’kidlash zarur.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar